Telegram Telegram kanalga o'tish

Assalomu alaykum,

Men Behruz Obidjonov
UX/UI dizaynerman.

Men foydalanuvchilar uchun qulay, intuitiv va estetik interfeyslar yaratishga ixtisoslashgan UX/UI dizaynerman.

Har bir piksel — bu oddiy tasvir emas, balki muammoning aniq va o'ylangan yechimidir. Har bir loyiha — bu nafaqat dizayn, balki g'oyani shakllantirish. Mening vazifam — funksionallik va go'zallik o'rtasida mukammal muvozanat topishdir.

Behruz
30+
Yakunlangan loyihalar
1.5+
Yillik tajriba
5+
O'quvchilarim
25+
Mamnun mijozlar
Behruz

Haqimda

Men Behruz Obidjonovman — UX/UI dizayner, kompyuter savodxonligi bo'yicha o'qituvchi va texnologiyaga oshno inson. 2 yildan ortiq vaqt davomida o'quv markazida o'qituvchi sifatida ishlaganman. Kompyuter savodxonligi bo'yicha yuzlab yoshlar va kattalarga bilim berganman. Aynan shu tajriba menga insonlar bilan qanday aloqa o'rnatish, ularning ehtiyojlarini tushunish va ularga qulay yechimlar yaratishni o'rgatdi.

So'nggi yillarda esa UX/UI dizayn sohasi menga yaqin bo'la boshladi. Bu yo'nalishda o'zim mustaqil o'rgandim, ko'plab amaliy loyihalarda qatnashdim va zamonaviy dizayn trendlarini chuqur o'rgandim. Mening yondashuvim — bu har bir foydalanuvchi uchun oson, tushunarli va chiroyli interfeys yaratish. Dizayn men uchun faqat tashqi ko'rinish emas, balki yechim, tushunish va hissiyot.

Loyihalarim

Quyida men yaratgan UX/UI dizayn ishlari jamlangan. Har bir loyiha foydalanuvchi ehtiyojini tushunish, qulaylik yaratish va estetikani saqlash asosida ishlab chiqilgan.

Muvaffaqiyat — bu katta natijalar emas,
balki kichik qadamlarda bardavom bo'lishdir.

Men o'zimni oddiy kompyuter darslarini o'rgatishdan boshladim. Har bir dars, har bir o'quvchining savoli, har bir yechilgan muammo — meni o'stirdi. Muvaffaqiyat men uchun sovrin emas, balki o'rganish, o'z ustimda ishlash va boshqalarga foyda keltirishdir.

Har bir loyiha — bu yangi imkoniyat. Har bir xatolik — bu o'sish uchun dars. Men yo'lim hali boshlanishida, lekin men har kuni kichik bo'lsa-da, oldinga qadam tashlashni davom ettiraman.

stairs

Savollar

Salom men siz bilan qanday bog'lansam bo'ladi?

Pastdagi formadan yozing yoki ijtimoiy tarmoqlardan bog'laning.

Ishlayotgan loyihalariz nechta?

Ha, "Loyihalarim" bo'limidan kirib ko'rishingiz mumkin. Hozircha 30+ dan ortiq loyiha ustida ishlaganman.

UX/UI dizayn buyurtma qilsam bo'ladimi?

Albatta! Telegram orqali yoki sayt formasi orqali murojaat qiling.

Qancha vaqtda loyiha tayyor bo'ladi?

Bu loyihaning murakkabligiga bog'liq. Oddiy landing sahifa 3-5 kun.